Kichik GESning katta imkoniyatlari (Fotoreportaj)

17:49 26 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
2158 0

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

017 yilning iyun oyida Toshkent viloyatining “Tuyaboʻgʻiz” suv ombori qoshida kichik GESi boshlangan edi. Mazkur GES “Gidroproyekt” AJ loyihasi asosida “TOʻPALANG HPD IRRIGATION SYSTEMS” unitar korxonasi tomonidan bunyod etilmoqda. Obyektning umumiy qiymati 16,33 mln. AQSH dollariga teng. Ushbu mablagʻning qariyb yarmi chet el investitsiyasi hisobiga moliyalashtirilyapti. 8,09 mln. AQSH dollarlik qismi esa “Oʻzbekgidroenergo” tomonidan qoplanadi.

2019 yilda obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturiga asosan, “Tuyaboʻgʻiz” suv ombori qoshida qurilayotgan ushbu GES joriy yilning birinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda GESda oxirgi ish jarayonlari ketmoqda. Uning oʻrnatilgan quvvati 11,4 Mv./t. ni tashkil etadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?