Xurshidbek Alimjonov “Maxsima Stable”da navbatdagi gʻalabasini tantana qildi
Rossiyada ot sportining konkurs yoʻnalishi boʻyicha Yevrosiyo ligasining eng muhim turnirlaridan biri boʻlib oʻtdi. “Maxsima Stable” ot sporti majmuasida oʻtgan musobaqa Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
135 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida ishtirok etgan Xurshidbek Alimjonov mazkur yoʻnalishda eng yaxshi natija qayd etib, oltin medalga sazovor boʻldi. Bellashuvlar davomida sportchimizga “Chempions Ligas” laqabli tulpori hamrohlik qildi.
Musobaqadan soʻng chavandozlarimiz Chexiya poytaxtiga yoʻl olishdi. Yurtdoshlarimiz 26-30-iyul kunlari Praga mezbonlik qiladigan navbatdagi nufuzli turnirda ishtirok etishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring