Xoʻjaobodda 600 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi

10:52 06 Noyabr 2020 Jamiyat
187 0

“Andijon suv taʼminoti” MCHJ tomonidan hududlarni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash borasidagi ishlar koʻlami tobora ortib bormoqda. Jumladan, Xoʻjaobod tumanidagi Beshqovoq, Baxrin, Faqirqishloq, Yangi Hayot, Karnaychi, Nishob boʻyi MFYlarida 8 km. masofaga yangi suv quvuri tortilib, 3 ta yangi suv nasosi oʻrnatildi. Shuningdek, bitta yangi quduq kovlanib, 30 km. dan ziyod quvurlar tozalandi.

— Olib borilgan ishlar natijasida Xoʻjaobod tumani hududlarini ichimlik suvi bilan taʼminlash koʻrsatkichi 87 foizga yetdi, — deydi “Andijon suv taʼminoti” MCHJ tuman boʻlimi boshligʻi Baxtiyorjon Komilov. — Qish mavsumida aholiga ichimlik suvini uzluksiz yetkazib berish, nosozliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish borasidagi ishchi guruhimiz kunu tun xizmat qilmoqda.

Aytish joiz, tumanda soʻnggi kunlarning oʻzida 600 ta xonadonni ichimlik suvi bilan taʼminlashga erishildi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?