Xovos tumani Qahramon mahallasidagi DXM filiali qayta jihozlanib, yangi rejimda ish faoliyatini boshladi
Bugun, 9-fevraldan boshlab Xovos tumanining “Qahramon” mahallasida faoliyat yuritgan davlat xizmatlari markazi filiali qayta jihozlanib, yangi ish rejimiga oʻtdi. Tantanali marosimda adliya vaziri Akbar Toshqulov ishtirok etdi.
Ushbu mahalla 2004-yilga qadar Mehnatobod tumani tasarrufida boʻlgan, tuman tugatilgandan soʻng Xovos tumani hududiga oʻtgan. Hozirda “Qahramon” mahallasida besh ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mahallada Xovos tuman davlat xizmatlari markazi filiali faoliyat yuritadi. Tuman markazidan 35 — 40 km. masofa olisda joylashgan mahallada filial tomonidan yon atrofdagi “Binokor”, “Boʻston”,“Paxtakor”, “Husnobod”, “Yangiyer” mahallalari fuqarolariga ham xizmat koʻrsatilmoqda.
Bugunga qadar mazkur filial orqali yuqorida qayd etilgan 6 ta mahalla aholisi haftaning seshanba va juma kunlari davlat xizmatlarini olish imkoni mavjud edi. Endilikda filial dushanbadan juma kunigacha soat 9:00 dan 18:00 ga qadar doimiy ish rejimida ishlaydi. Maqsad — aholini bir hujjatni deb ovora qilmaslik, fuqarolarga qulaylik yaratishdir.
Xovoslik fuqarolar endi oʻzlariga qulay vaqtda oʻz mahallasida koʻrsatilayotgan xizmatdan foydalanishi mumkin. Filialda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklar mavjud. Shinam xona, internetga ulangan kompyuter toʻplami, davlat xizmatlari va ulardan foydalanish boʻyicha haqida maʼlumot beruvchi axborot burchaklari va boshqalar shular jumlasidan. Aholi ommabop boʻlgan 100 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega boʻldi.
Shu kuni filialda FHDYO boʻlimi tomonidan yosh oilaning nikohi qonuniy qayd etildi. Shuningdek, “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida 7 nafar xovoslik fuqaroga hujjatlar topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring