Xotira va qadrlash kunida xorijiy hamkorlardan qutlovlar kelmoqda

Foto: president.uz
Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 77 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar rahbarlari va taniqli siyosiy arboblaridan, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda.
Xorijiy hamkorlar oʻz qutlovlarida koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining Buyuk Gʻalabaga qoʻshgan ulkan hissasini alohida qayd etganlar. Tabriknomalarda bugungi erkin va tinch hayotimiz yoʻlida jang maydonida chinakam qahramonlik, mislsiz jasorat va matonat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizga chuqur hurmat-ehtirom va minnatdorlik bildirilgan.
Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat, farovonlik, mamlakatimizga barqaror taraqqiyot va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
Quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin,
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,
Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko,
Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,
Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev,
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi Raisining oʻrinbosari Dmitriy Medvedev,
MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring