Xotin-qizlar zoʻravonlikdan qanday himoya qilinmoqda?

19:29 06 Dekabr 2021 Jamiyat
364 0

Foto: Toshkent shahar sudi matbuot xizmati

Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyalari va fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudi sudyalari tumandagi 64-sonli maktabda Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi Prezident Farmon hamda qarorlarining mazmun-mohiyati mavzusida uchrashuv oʻtkazishdi.

Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabariga koʻra, tadbirda Toshkent shahar sudi sudyalari Guzal Ziganshina, Goʻzal Abdurahmonova, Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudi rais oʻrinbosari Omon Sattorov, sudyalar Aziz Jalilov, Jasur Mamayusupov, Guli Shukurullayeva, Dilfoʻza Dadajonova, Zulfiya Nuraliyeva, Jamshid Sharopov, tuman adliya boʻlimi xodimi, maktab rahbariyati va pedagoglar, “Nur” mahalla mutaxassisi va oʻquvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda “Konstitutsiya erkinliklarimiz kafolati”, “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun mazmuni, “Voyaga yetmagan qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish”, Prezidentimizning 2021-yil 6-iyuldagi «Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati hozirgi kun uchun muhim va dolzarb ekani taʼkidlandi.

“Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun mazmuni yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudining sudyalari G. Shukurullayeva, D. Dadajonova, Z. Nuraliyeva va J. Sharopovlar soʻzga chiqib, ushbu hujjat bilan jamiyatda gender tenglikni taʼminlash, ayollar, xotin-qizlarning huquqiy ongini rivojlantirish, jamiyatda ularning huquqlari buzilishini oldini olish hamda himoya qilish kafolatlari taʼminlanganini qayd etdilar.

“Voyaga yetmagan qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” masalasida tuman sudyasi A. Jalilov soʻzga chiqib, bugungi kunda voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir boʻlayotgan huquqbuzarliklar va jinoyat holatlari, ularni oldini olishi borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar, shuningdek, bu boradagi targʻibot-tashviqot ishlari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda olib borilishi muhim boʻlgan ishlar xususida toʻxtaldi.

Prezidentimizning «Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonining mazmun-mohiyati boʻyicha Toshkent shahar sudining sudyalari G. Ziganshina va G. Abdurahmonova soʻz yuritib, mazkur mazkur hujjatning maqsad va vazifalari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudi sudyalari J. Mamayusupov va G. Shukurullayeva esa “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan soʻz yuritdi.

Qayd etildiki, mazkur qarorning qabul qilinishi korrupsiyani oldini olishga qaratilgan muhim jarayon boʻlib, korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan birga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda keng jamoatchilik ham kurashishi lozim. Bu boradagi targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirishda barcha “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shioriga birlashishi muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, uchrashuvda ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan masalalar yuzasidan berilgan savollarga batafsil javoblar olishdi. Tadbir yakunida bunday uchrashuvlarni muntazam oʻtkazib turishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?