Xotin-qizlar sporti: Zominda ayollar futbol jamoasiga asos solindi
Murabbiy Nilufar Qurbonova boshchiligidagi qizlar jamoasi kun davomida mashgʻulotlar olib borishmoqda
Soʻnggi yillarda Jizzax viloyatida xotin-qizlar sportini rivojlantirish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu jumladan, hududda ayollar futboliga boʻlgan eʼtibor yana-da oshib bormoqda. Buni "Soʻgʻdiyona-Women” jamoasi misolida ham koʻrish mumkin. Ishonamizki, Zomin tumanida yangi tashkil etilgan jamoa qizlari orasidan ham nafaqat viloyat, balki Oʻzbekistonimiz sharafini munosib himoya qiladigan isteʼdodli futbolchi qizlar yetishib chiqadi.
Jamoa yaqinda tashkil topganligi bois hali unga nom berilmagan, ehtimol jamoa "Zomin- Women” nomi bilan atalishi mumkin, biroq buni vaqt koʻrsatadi.
Murabbiy Nilufar Qurbonova boshchiligidagi jamoa qizlari kecha Zomin tumanidagi umumtaʼlim maktablaridan saralab olingan futbolga qiziquvchi qizlardan iborat terma jamoaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushdi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuv yakunida Jizzax viloyati futbol assotsiatsiyasi texnik direktori, OFK va OʻFA instruktori Zoyir Hasanov hamda Jizzax viloyati futbol assotsiatsiyasi bolalar va oʻsmirlar, ommaviy futbol, ayollar, plyaj va futzal, faxriylar futboli boʻyicha mutaxassis Feruzbek Gʻaniyevlar qizlar bilan uchrashib, ularning kelajakdagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring