Xorijlik fuqarolarga viza tayyorlab berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

16:04 29 Sentyabr 2022 Jamiyat
463 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro L.M. boshqa bir fuqaro Yu.ning ishonchiga kirib, goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 500 AQSH dollari evaziga uning tanishlari boʻlgan 3 nafar xorij fuqarosiga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasini tayyorlab berishni vaʼda qilib, jami 7 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?