Xorijiy OAV vakili Qoraqalpogʻiston Respublikasida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi

20:14 07 Iyul 2023 Jamiyat
703 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Ayni kunlarda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari mamlakatimiz boʻylab siyosiy tadbirga tayyorgarlik jarayonlarini kuzatishmoqda.

Nukus shahriga tashrif buyurgan “Welt Trends” jurnali (Germaniya) bosh muharriri Dr.Xubert Tiyelikke 1-Qoraqalpogʻiston okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xorijlik jurnalist 1-Qoraqalpogʻiston okrug saylov komissiyasi raisi T. Atamuratov bilan uchrashib, okrug aʼzolarining sifat tarkibi, Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayonlari haqida suhbatlashdi.

Taʼkidlanganidek, okrug saylov komissiyasi aʼzolarining 74 foizi oldin ham saylov jarayonlarida qatnashgan tajribali xodimlardir. Qoraqalpogʻiston okrugi hududida 654 ta saylov uchastkasi tuzilgan boʻlsa, mazkur saylov uchastkalariga mahalliy hokimlikning tavsiyasiga koʻra, el ichida obroʻga ega 6266 nafar komissiya aʼzolari tasdiqlandi. Ushbu komissiya aʼzolarining 50,9 foizi xotin-qizlardan iborat. Komissiya aʼzolari turli millat vakillaridan iborat boʻlib, qoraqalpoq, oʻzbek, rus, turkman va boshqa millat vakillarini tashkil etishi aytib oʻtildi.

Shuningdek, okrug saylov komissiyasi raisi siyosiy jarayonning ochiq va oshkora oʻtishini taʼminlash hamda unga tayyorgarlik jarayonlarini keng yoritib borishda ommaviy axborot vositalarining oʻrni muhimligini, bu borada jurnalistlarga axborotlarni tezkor yetkazish maqsadida 1-Qoraqalpogʻiston okrug saylov komissiyasining Matbuot markazi tashkil etilgani hamda 4 nafar jurnalistlar jalb etilganini taʼkidlab oʻtdi.

Gʻayrat OTAJONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер