Xorijiy korxona mablag‘larini talon-toroj qilgan sobiq hisobchining kirdikorlari fosh bo‘ldi

23:22 13 Sentyabr 2021 Jamiyat
240 0

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.L.” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi sobiq bosh hisobchisi N.Ye. 2020 yil va joriy yilning o‘tgan 5 oyida korxonaning jami 8,7 mlrd so‘m mablag‘ini o‘zining shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib talon-toroj qilganligini aniqlagan.

Shuningdek jinoiy yo‘l bilan orttirgan daromadiga qonuniy tus berish maqsadida 478 726 AQSH dollari xarid qilib, shundan 214 926 AQSH dollarini Moskva shahridagi bankomatlardan naqdlashtirib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?