Xorijiy ekspert uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziriga maslahatchi etib tayinlandi

14:17 23 Dekabr 2020 Siyosat
343 0

Olivye Norman davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish orqali markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan taʼminlash masalalari boʻyicha vazir maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda OʻzAga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Maʼlum qilinishicha, xalqaro tajribaga ega boʻlgan ekspert sifatida Olivye Norman davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan taʼminlash loyihalarini shakllantirish, ularni amalga oshirish hamda natijadorligini monitoring qilish masalalarida vazirlik masʼul xodimlariga koʻmaklashadi.

Hozirda suv resurslari sohasidagi ekspert Olivye Norman ushbu masalalarda vazirlik huzurida tashkil etilgan jamoatchilik kengashi aʼzosi sifatida ham faoliyat yuritadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?