Xorijga ishga joʻnatishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

17:09 17 Noyabr 2022 Jamiyat
317 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xatirchi tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.A. fuqaro U.O.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali 5 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborish uchun viza va boshqa hujjatlarni tayyorlab berishini aytib, oldindan 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Sergeli tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar E.X. va Sh.T. fuqaro F.O.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali uning nomiga Xitoy Xalq Respublikasidan chaqiruv taklifnomasini yubortirish va ushbu davlatga kirish vizasini tayyorlab berishlari evaziga 700 AQSH dollari va 300 ming soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?