Xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

15:30 05 Yanvar 2024 Jamiyat
615 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.R. fuqaro Z.A.ni 18 500 AQSH dollari evaziga Isroil davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 12 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Payariq tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan  tezkor tadbirda fuqaro F.N. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni 16 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер