Xorijga ishga yuborish va ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

11:25 10 Dekabr 2022 Jamiyat
472 0

Foto: Illustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun 2-marta sudlangan V.X. fuqarolar A.K. va A.B.ni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish evaziga jami 23 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Departamentning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqarolar Gʻ.R. va X.R. fuqaro J.R.ni “Qarshi temiryoʻl uzeli” AJga ishga kiritib qoʻyish evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?