Xorijdan “uchib kelgan” dron aeroportda “qoʻndirildi”
Toshkent xalqaro aeroportiga “Istambul-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha uchib kelgan fuqaro J.J.ning yuklari belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan oʻtkazildi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.
Natijada, uning ichida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi taqiqlangan 1 dona “Corby Drones” rusumli uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi.
Xozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasining joriy yil 2-may kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunning 1-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan toʻldirilgan boʻlib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish boʻyicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi 2019-yil 4-noyabrdan amalga kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring