Xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada boʻlgan fuqarolarda qizamiq kasalligi aniqlanmoqda

18:52 25 Iyul 2023 Jamiyat
575 0

Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra emlashdan bosh tortganlar hisobiga, 2023-yilda dunyoda va Yevropa mintaqasida qizamiq boʻyicha epidemiologik vaziyat keskinlashdi.

Ayni paytda Ukrainada 23 070, Serbiyada 4 954, Fransiyada 2 576 , Gretsiyada 2 476, Italiyada 2 020, Rossiyada 1 396, Gruziyada 1 128 holatda qizamiq kasalligi qayd etilgan.

Qoʻshni mamlakatlar Afgʻonistonda 2023-yilning hozirgacha boʻlgan davrida 2 105 holatda, Tojikistonda esa 300 dan ortiq Qozogʻistonda 169 ta holat qayd etilgan.

Respublikamizda joriy yilning iyul oyi holatiga koʻra, qizamiq kasalligiga shubha qilingan 306 nafar bemorning qon namunalari virusologik laboratoriyaga yuborilgan.

Ulardan 164 tasida qizamiq aniqlangan.

Shuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki, mamlakatimizda qizamiq bilan kasallanish holatlari asosan xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada boʻlgan fuqarolar orasida aniqlanmoqda.

Hozirda mamlakatimizda qizamiq boʻyicha epidemiologik vaziyat nazorat ostida boʻlib, qizamiq kasalligiga shubha qilingan shaxslar bilan aloqada boʻlganlar epidemiologik koʻrsatma asosida profilaktik emlash bilan qamrab olinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер