“Xorijda vafot etgan 478 nafar fuqaro jasadi olib kelingan” — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

10:16 09 Dekabr 2021 Jamiyat
388 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oʻtgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlari haqida maʼlumot berdi.

Xabarda aytilishicha, Agentlik tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 8 ming 448 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 289 ming 326 nafariga maslahat xizmatlari, 6 ming 279 nafariga ijtimoiy yordam, 12 ming 038 nafariga moddiy yordam koʻrsatilgan.

Jumladan:

— 7 ming 034 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratildi;

— 311 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirildi;

— xorijda vafot etgan 478 nafar fuqaro jasadi olib kelindi;

— 317 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarildi.

Shuningdek, ogʻir tan jarohati olgan 12 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi.

Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan toʻlanmay turgan qariyb 972,9 ming AQSH dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?