Xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega boʻlmagan tashkilotlar bilan shartnoma tuzmang — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida mamlakatimizda 2018-yildan xususiy bandlik agentliklari (XBA) faoliyatiga ruxsat berilgan edi.
Biroq, oʻtgan davr mobaynida ayrim XBAlar tomonidan fuqarolarni aldash va ishonchini suiisteʼmol qilish holatlari sodir etilgan.
Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, 2020-yilning 14-noyabridan ular faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar joriy etilgan.
Amaldagi tartibga koʻra:
— fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish boʻyicha litsenziyaga ega XBA axborot va maslahat xizmatlari uchun BHMning bir baravaridan, yaʼni 300 ming soʻmdan koʻp pul olishi mumkin emas.
— shuningdek, chet ellik ish beruvchi va hamkori bilan shartnomalar tuzmasdan, fuqarolarga xizmat koʻrsatish taqiqlanadi hamda ushbu shartnomalar XBAning rasmiy veb-saytida joylashtirilishi lozim.
Oʻtgan davr mobaynida XBA reyestridan 116 ta yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, hozirgi kunda ulardan 8 tasi fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega.
"Hurmatli fuqarolar! Shu munosabat bilan, xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega boʻlmagan tashkilotlar yoki shaxslarga ishonmaslikka, turli koʻrinishdagi shartnomalarni tuzmaslikka va toʻlovlarni amalga oshirmaslikka chaqiramiz.
Xorijda ish taklif qilayotgan tashkilotlarning litsenziyasi borligiga ishonch hosil qiling. Shartnoma tuzayotganda, uning shartlarini oʻqib, toʻliq tushunib imzo qoʻying.
Agar XBA bilan nizoli vaziyatlarga duch kelsangiz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga murojaat qilishingiz mumkin" deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring