Xorazmning ikki tumanida yangi gemodializ markazlari ish boshladi

13:59 08 Avgust 2022 Jamiyat
384 0

Foto: SSV matbuot xizmati

Hindistonning «Nefroplyus» kompaniyasi va Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi oʻrtasida davlat-xususiy sherikligi asosida gemodializ xizmatlari koʻrsatuvchi markazlarni tashkil etish boʻyicha bitim imzolangan.

Kompaniya tomonidan oʻtgan qisqa davrda 2 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilib, Urganch va Bogʻot tuman tibbiyot birlashmalari hududida ikkita zamonaviy gemodializ markazi qurilib, ishga tushirildi.

Xalqaro standartlar darajasida xizmat koʻrsatish imkoniga ega, 58 oʻringa moʻljallangan ushbu muassasalar ilgʻor xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?