Xorazmlik tadbirkorlar 5 yilga bojxona toʻlovidan ozod qilinadi, QQSni 180 kunga kechiktirib toʻlashga ruxsat beriladi

12:07 01 Mart 2024 Siyosat
96 0

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.

Yigʻilishda sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasidan Xorazmga 100 million dollari ajratilishi maʼlum qilindi.

Urganch tumani “Chakka-sholikor” qishlogʻida texnopark tashkil qilish, yil yakunigacha elektrotexnika, toʻqimachilik va qurilish materiallari yoʻnalishida 100 million dollarlik loyihalarni ishga tushirish vazifasi qoʻyildi.

Bunga qoʻshimcha ajratiladigan 25 million dollar hisobidan kichik va oʻrta sanoat loyihalariga 1,5 milliard soʻmgacha 18 foizdan 7-yil muddatga kreditlar beriladi.

Shuningdek, xorazmlik tadbirkorlar uchun qator imtiyozlar belgilandi.

Jumladan, import uskunalar, ehtiyot qism va xomashyo 5-yilga bojxona toʻlovidan ozod qilinadi, qoʻshilgan qiymat soligʻini 180 kunga kechiktirib toʻlashga ruxsat beriladi.

Mahalliylashtirish loyihalariga olingan kredit foizining 10 foiz bandi qoplab beriladi, davlat mulki va yer uchastkalarini xususiylashtirishda 5-yil ichida boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati yaratiladi.

Sotilgan koʻchmas mulk uchun toʻlov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi. Iqtisodiy va sanoat zonalarida olgan majburiyatini bajargan tadbirkorlar yer va binoni xususiylashtirishi mumkin boʻladi.

Eksportchilarga boshqa viloyatdan xomashyo yetkazib berish uchun yoʻl xarajatlarini 50 foizi Eksport jamgʻarmasidan qoplab beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер