Xorazmda sportning kurash turi boʻyicha viloyat chempionati oʻtkazildi

23:46 01 Noyabr 2021 Sport
999 0

Xorazmda 2009 — 2011-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida sportning kurash turi boʻyicha viloyat chempionati oʻtkazildi.

Xorazm viloyat prokurorining tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur chempionat jamiyatda qonun ustuvorligiga hissa qoʻshgan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist Yusup Rahmonov xotirasiga bagʻishlandi. 

Taʼkidlash joizki, bunday bellashuvlar yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, milliy sport turi — kurashga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish va uni ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Chempionat yakunida gʻolib hamda sovrindorlar aniqlanib, ularga viloyat prokurorining qimmatbaho sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?