Xorazmda somon ortilgan “Kamaz” yonib ketdi

15:01 22 Iyul 2021 Jamiyat
353 0

Ijtimoiy tarmoqlarda «Urganch shahri markazida somon ortilgan yuk mashinasi trolebus simiga tegib ketishi oqibatida somon yonib ketganligi aytilmoqda» degan videolavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Qyad etilishicha, xaqiqatdan ham, 22-iyul kuni soat 00:13da Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “KOGON METAL SAVDO SERVIS” MCHJga qarashli boʻlgan yuk mashinasini Urganch shahar A.Baxodirxon koʻchasi boʻylab boshqarib borayotganida yongʻin sodir boʻlgan. 

Yongʻin natijasida yuk avtomobilining salon qismi hamda yuk xonasidagi press somonlari yongan va haydovchi Z.O. avtomashinadan tushmoqchi boʻlib, pastga sakragan vaqtida “chap oyogʻi boldir suyagi yopiq sinishi” tashxisi bilan VSHTYOIMga yotqizilgan. 

Yongʻinga 00:18da yetib borib, 00:23da oʻrab olinib, 01:02da oʻchirilgan. Yongʻinning sababi va zarari aniqlanmoqda. Yongʻinga 3 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasidan maxsus avtotransport vositalari jalb etilgan. Yongʻin oʻchirish qismidan yongʻin sodir boʻlgan manzilgacha masofa taxminan

4 km.ni tashkil etadi. Ushbu hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan va halok boʻlmagan. Voqea yuzasidan vakolatli organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati FVB va IIB YHXB Matbuot xizmatlari tomonidan ushbu maʼlumot taqdim etildi. Tarqatuvchilarga maʼlumotni asl holida taqdim etish tavsiya etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?