Xorazmda soliq inspektori, Qashqadaryoda esa sud eksperti qoʻlga olindi

Foto: DXX
Xorazm viloyatida soliq inspektoriga, Qashqadaryo viloyatida esa sud-ekspertiza markazi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Bildirilishicha, Xorazm viloyati Yangiariq tumani davlat soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari shoʻbasi davlat soliq inspektori trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi MChJning soliq qarzdorligini undirmasdan, uni bankrotlik asosida tugatib berish evaziga oʻzining yaqin aloqasi orqali 900 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda soliq inspektoriga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda Yakkabogʻ tumanida yashovchi, 1985-yilda tugʻilgan muqaddam sudlangan shaxs chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalik tomonidan suv taʼminotiga noqonuniy ulanib, foydalanganligi holati boʻyicha aniqlangan 99 mln soʻmlik zararni tegishli tashkilot ekspertlari orqali yoʻq qilib berish evaziga, fermer xoʻjalikning ish boshqaruvchisidan 1,5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, X.S. nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Qashqadaryo viloyat boʻlinmasi eksperti ushbu 1,5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda fuqaro va ekspertga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
- “JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring