Xorazmda sodir bo‘lgan 4ta YTH natijasida 4 kishi vafot etdi

Videodan kadr
Xorazm viloyatida bir hafta davomida sodir bo‘lgan 4 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, viloyatning Urganch tumani "Uchko‘prik" mahallasida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan shaxs Spark'ni "Anjirchi" mahallasida boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 2007 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan. YTH oqibatida, piyoda tan jarohati sabab shifoxonada vafot etgan.
Boshqa bir holat, 16 may kuni 21:30 larda Shovot tumani "Arboblar" mahallasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi Cobalt'ni Urganch shahrida boshqarib borayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 1982 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan. Piyoda shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Shuningdek, 20 may kuni Xiva shahar "Lolazor" mahallasida yashagan 1953 yilda tug‘ilgan shaxs Damas'ni boshqarib ketayotib, yo‘l bermasligi oqibatida, uning orqasidan Urganch shahar tarafdan harakatlanib kelayotgan Malibu kelib yurilgan. Damas haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Bundan tashqari, Xazorasp tumanida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan yigit shu yilning 20 may kuni soat 21:10 larda boshqa fuqaro nomida bo‘lgan Damas'ni tegishli hujjatlari bilan tumanning "Ishchilar" mahallasi hududida boshqarib kelib, yo‘lni velosipedda kesib o‘tayotgan 1973 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan. YTH sabab boshidan jarohat olgan velosiped haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan barcha holatlar yuzasidan JKning 266-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring