Xorazmda oltita yangi korxona ishga tushirildi

Foto: president.uz
Davlatimiz rahbari Xorazm viloyatidagi “Yangibozor tekstil agroklaster” masʼuliyati cheklangan jamiyatining toʻqimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Qiymati 13 milliard soʻmdan ziyod boʻlgan mazkur loyiha doirasida xorijdan zamonaviy uskunalar keltirib oʻrnatilgan. Yiliga 5 million dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati yaratilgan. Tovarlarning 65 foizini eksportga yoʻnaltirish moʻljallangan.
Bugungi kunda bu yerda 500 ga yaqin xotin-qizlar ishlamoqda.
Shavkat Mirziyoyev korxonadagi ish jarayoni bilan tanishish asnosida ular bilan suhbatlashdi. Xotin-qizlar chekka tumanlarga ham ham sanoat kirib kelayotgani, oʻz uyi yaqinida shunday zamonaviy korxonada ishlayotganidan mamnunligini aytishdi.
Shu yerda Xorazm viloyatidagi 6 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi boʻldi. Ular – Urganch shahridagi “Eko Obi hayot” korxonasi tomonidan gipsokarton mahsulotlari, Urganch tumanidagi “Zakirov” xususiy korxonasi tomonidan burama mix, Xiva gilami kombinatining ikkinchi bosqichi, Bogʻot tumanidagi “Koba teks” korxonasi tomonidan tayyor gazlama, Urganch tumanidagi “Xorezm Solt Biznes” korxonasi tomonidan texnik tuzlar, Xonqa tumanidagi “Xorezmteks Feyshn” korxonasi tomonidan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalaridir. Ushbu korxonalar vakillari videoaloqa orqali majmualar salohiyati haqida axborot berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, ushbu yangi korxonalarni ishga tushirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring