Xorazmda noqonuniy alkogol mahsulotlarini ishlab chiqargan yashirin sexlar fosh etildi

15:11 18 Sentyabr 2024 Jamiyat
252 0

Odilbek Odamboyev/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Urganch shahar boʻlimi va Ichki ishlar boʻlimi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.B. otasi B.B. bilan Urganch tumani, “Qumrabot” MFY hududidagi turar-joy binosi va Urganch shahri “Ashxobod” MFY hududida joylashgan omborxonada qoʻlbola usulda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelganligi aniqlandi. Tezkor tadbir davomida ushbu yashirin sexlardan 388 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti, 95 ta yelim idishda 475 litr spirt va boshqa ishlab chiqarishda foydalaniladigan buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Departamentning Xiva shahar boʻlimi va Ichki ishlar boʻlimi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Urganch shahrida yashovchi M.R. “Arboblar” MFY hududidagi xonadonda qoʻlbola usulda alkogolli mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etganligi aniqlanib, ushbu sexdan 7 turdagi jami 4 614 dona qalbaki alkogol mahsulotlari, 817 dona turli nomdagi alkogolli ichimliklar qutilari va boshqa ishlab chiqarishda foydalaniladigan buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?