Xorazmda murojaatini qaytarib olishni vaʼda qilgan tovlamachi ushlandi

11:48 21 Avgust 2021 Jamiyat
179 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.Yo. Gurlan tumanidagi sobiq muqobil mashina traktor parki va uning yordamchi binolarini goʻyoki “G” MCHJ rahbari noqonuniy ravishda sotib olganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yozgan murojaatlarini qaytarib olib harakatdan toʻxtatishi evaziga, MCHJ rahbaridan tovlamachilik yoʻli bilan 180 mln soʻm talab qilib, shundan 4 000 AQSH dollari va 74 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?