Xorazmda “Mening farzandim — Oʻzbekiston faxri!” loyihasining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Respublikamizning barcha hududlarida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” boʻlib oʻtayotganidan xabaringiz bor. Ayni damda bir guruh maʼrifat targʻibotchilari Xorazm viloyati boʻylab maʼrifiy tadbirlar oʻtkazmoqda.
Kuni kecha Xiva shahridagi Ichan qalʼa muzeyida “Mening farzandim — Oʻzbekiston faxri” loyihasining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Loyiha doirasida viloyatdagi ilm-fan, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida 10 nafar yoshlar va ularning ota-onalari taqdirlandi.
“Bolamning yutugʻi uchun meni taqdirlashlarini kutmagan edim. Aslida onalar kutmaydi ham. Axir ularning yutugʻi bizning ham yutugʻimiz. Berilgan eʼtibordan esa juda quvondik.
Farzandimni sportga yoʻnaltirganimda koʻpchilik “nima qilasiz? Undan koʻra hunar oʻrgating”, deyishgan edi. Bugun mehnatlarimiz, zahmatlarimiz samarasini koʻryapmiz. Ertaga bundanda katta natijalarga erishadi bolam. Oʻshanda bugun bizni qoʻllab-quvvatlagan barcha yonimizda boʻlishini xohlaymiz.
Mashaqqatlarimiz ortda qoldi, qoladi. Bizga ishonch bildirganlar unutilmaydi”, dedi taqdirlangan onalardan biri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy raqs sanʼatining yuksak namunasi boʻlmish “Lazgi — Muhabbat va Qalb raqsi” balet spektakli dunyo sahnalarini zabt etishda davom etmoqda
- “United Airlines“ aviakompaniyasi dasturiy taʼminotdagi nosozlik tufayli parvozlarni toʻxtatgani aytilmoqda
- Namangan xalqaro nodavlat universitetining litsenziyasi bekor qilindi
- Xorijiy tilni С1 darajada biladigan oʻqituvchilarga qoʻshimcha ustama toʻlanadi
- Uzbekistan Airways va Lufthansa Technik AG o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligi
- Qanday holatlar mualliflik va turdosh huquqlar buzilishiga olib keladi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring