Xorazmda kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

17:46 20 Iyul 2022 Jamiyat
349 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.A.” MCHJ rahbari va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablagʻi evaziga sotib olingan 225,4 ming AQSH dollarlik issiqxona uskunalarini sotib yuborib, kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Namangan shahar boʻlimi tomonidan hududiy tijorat banki filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda,“Ch.A.” MCHJ rahbari A.B. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, issiqxona qurilishi uchun ajratilgan 330 mln soʻm kredit mablagʻini issiqxona qurmasdan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Toshkent tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “A.F.” MCHJ rahbari N.A. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, 5 nafar fuqaroning nomiga qora mol sotib olish uchun ajratilgan 155,3 mln soʻm kredit mablagʻini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?