Xorazmda fuqarolarning mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan nodavlat taʼlim muassasalari aniqlandi

16:05 17 Avgust 2022 Jamiyat
186 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Y.Sh.” MCHJ hamda “U.I.U.” nodavlat taʼlim muassasasi rahbarlari va xodimlari ushbu taʼlim maskani tegishli litsenziyaga ega boʻlmasa-da, 45 nafar fuqaroni bakalavr yoʻnalishi boʻyicha oʻqitishga hujjatlari borligiga ishontirib, 2021-2022 oʻquv yili uchun har bir fuqarodan 2 mln soʻmdan 16 mln soʻmgacha jami 353,5 mln soʻmini shartnoma toʻlovlari sifatida qabul qilishib, oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 190-moddasi (faoliyat bilan litseziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoxud xabarnoma yubormasdan shugʻullanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?