Xorazmda fan olimpiadalari gʻoliblari 528 mln soʻm miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi

23:23 15 Aprel 2024 Jamiyat
144 0

Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Oʻtgan yil Xorazm viloyati hokimligi tashabbusi bilan maktab oʻquvchilarini xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash, ularning ilm-fanga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida viloyat hokimi olimpiadasini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyilgan edi. Mazkur bellashuv viloyatning barcha shahar va tumanlarda ochiq, adolatli va shaffof tarzda tashkil qilinib, oʻquvchilar oʻzlarining bilimlarini yana bir bor sinovdan oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻldilar. Olimpiada yakunlariga koʻra gʻolib boʻlgan oʻquvchilar mahalliy hokimlik mablagʻlari hisobidan jami 528 mln soʻm miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

— 2023-yil va joriy yilning oʻtgan davri mobaynida xalqaro fan olimpiadalarida viloyatimiz oʻquvchilari munosib ishtirok qilib, birinchi marotaba 1 ta oltin va 10 ta bronza medalni qoʻlga kiritdilar, — deydi Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Hamro Bektemirov. — Ushbu natijalarga erishishda viloyat hokimi olimpiadasi oʻziga xos tajriba maktabi, xalqaro maydondagi bellashuvlar uchun tayyorgarlik bosqichi boʻldi.

Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi nomli harbiy akademik litseyda viloyat hokimi olimpiadasining 2023-yildagi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Bilimlar bellashuvida faxrli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilarga diplom va eng zamonaviy noutbuklar topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер