Xorazmda yer olib bermoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

12:52 25 Avgust 2021 Jamiyat
411 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman boʻlimi hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.X. fuqaro Sh.dan turar joy qurishi uchun tuman hokimligi zaxirasidagi 8 sotix yer maydonini ajratib, tanishlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?