Xorazmda DXX kubogi musobaqalariga  start berildi

12:32 14 Aprel 2023 Sport
963 0

Foto: Xalq so'zi

Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun futbol, mini-futbol va shaxmat musobaqalari saralash bosqichining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok etib, yoshlik, shijoat va aql-idrok bahsi bo‘lgan mazkur musobaqalar  qatnashchilariga omad tiladi.Shundan so‘ng viloyat sektor rahbarlari ramziy tugmani bosib, kubok musobaqalariga start berdilar.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish maqsadida tashkil qilingan ushbu bellashuvlarda viloyat mahallalarining 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlaridan iborat jamoalar o‘zaro kuch sinashadilar.

Odilbek Odamboyev, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?