Xorazmda chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritishga uringan fuqarolar ushlandi

10:40 08 Avgust 2022 Jamiyat
198 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Tuproqqalʼa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Hazorasp universal savdo” majmuasi atrofida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar O.A. va U.A fuqaro G.ga jami 3 200 AQSH dollarini 35,3 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?