Xorazmda 34 nafar fuqaroni ishga joylashtirishni aytib, pul undirgan firibgarlar aniqlandi

08:07 30 Sentyabr 2022 Jamiyat
360 0

Foto: Arxiv surat

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.X. va boshqalar, 34 nafar fuqaroni “L.N.” kompaniyasiga ishga taklif qilib, qisqa vaqt ichida katta miqdorda pul ishlab topishlariga hamda ushbu kompaniyadan bir martalik mahsulot va turli davlatlarga sayyohlik yoʻllanmalari sotib olish sharti bilan kompaniya aʼzosi boʻlishlariga ishontirib, aldov yoʻli bilan ularning 15 560 AQSH dollari va 85,5 mln soʻmini qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?