Xorazmda 2020-yilda qariyb 500 ta huquqbuzarlik aniqlangan

15:00 09 Mart 2021 Jamiyat
421 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan “Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishda Departament organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar: 2020-yil faoliyati misolida” mavzusida matbuot konferensiyasi tashkil etildi.  Bu haqda Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi xabar berdi.

Qayd etilishicha, matbuot anjumanida Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari, shahar va tuman boʻlimlari boshliqlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Tadbirda Departamentning viloyat boshqarmasi boshligʻi, adliya maslahatchisi Gʻ.Sultanov soʻzga chiqdi. Maʼruzada boshqarmaning 2020-yildagi faoliyati va kelgusidagi vazifalar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.

Maʼlumot oʻrnida shuni qayd etish lozimki, boshqarma tomonidan oʻtgan 2020-yil davomida jami 486 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan boʻlib, natijasi boʻyicha 185 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan, 301 ta maʼmuriy huquqbuzarlikka doir ish yuritilgan. Shuningdek, korrupsiyaning ogʻir koʻrinishi hisoblangan pora olish va pora berish bilan bogʻliq jinoyatlar 39  tani tashkil qilgan boʻlsa, shundan jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan 10 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.                                  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?