Xorazm viloyatida talabaning oʻqishini koʻchirib berishni vaʼda qilgan firibgar aniqlandi

16:53 07 Sentyabr 2021 Jamiyat
331 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bogʻot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A” MCHJ menejeri I.M., Qozogʻiston Respublikasi universitetining 2-kurs talabasi M.ning ishonchiga kirib, uning oʻqishini Qoraqalpoq davlat universitetiga koʻchirishda amaliy yordam berishini aytib, evaziga 1 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida I.M. talabadan olgan pullari hisobidan 1 100 AQSH dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?