Xorazm viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

19:26 04 Mart 2024 Jamiyat
104 0

Arxiv surat

Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Tangriberdiyev Koʻpalbay Raimberdiyevich Xorazm viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

K. Tangriberdiyev 2000-yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filiali “Gospital terapiya” kafedrasi assistenti sifatida boshlagan.

Turli yillarda Xorazm viloyat kardiologiya markazi shifokori, Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari va boshligʻi kabi lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar K. Tangriberdiyev Xorazm viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?