Xonobodda Turkiya bilan hamkorlikda sunʼiy koʻl barpo etiladi

15:14 15 Sentyabr 2021 Jamiyat
704 0

Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga tashrifi mobaynida Xonobod shahrida boʻlib, bu yerni sayyohlik markaziga aylantirish toʻgʻrisida koʻrsatmalarini bergan edi. Shundan buyon bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, sanatoriya qurib, foydalanishga topshirildi, yuzlab dala hovlilari barpo etildi. Eng muhimi, “Andijon-Xonobod” temir yoʻli ishga tushirildi. Xayrli ishlarning davomi sifatida endilikda sunʼiy koʻl quriladigan boʻldi.

Xonobod shahrida boʻlib oʻtgan taqdimotda ushbu koʻlning loyihasi atroflicha oʻrganildi. Turkiyalik hamkasblar tomonidan ishlab chiqilgan rejaga binoan loyiha foydalanishga topshirilgach, 300 ta tadbirkorlik subyekti oʻz faoliyatini boshlaydi. Buning natijasida 2000 oʻrinli koʻngilochar maskanlar, 200 oʻrinli ovqatlanish joylari va 500 oʻrinli boshqa turdagi xizmat maskanlari barpo etiladi. Koʻl atrofida piyodalar va velosipedchilar yoʻlaklari, avtomashinalar turar joyi quriladi.

Barpo etilishi koʻzda tutilayotgan sunʼiy koʻl Xonobodda sayyohlik salohiyatini oshirishi, shubhasiz.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?