Xodimlarining 50 foizida nogironlik boʻlgan tadbirkorlarga davlat buyurtmachilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish imkoniyati beriladi

13:32 20 Fevral 2024 Siyosat
76 0

Illyustrativ foto

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda xodimlarining 50 foizida nogironlik boʻlgan tadbirkorlarga davlat buyurtmachilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish imkoniyati berilishi qayd etildi.

Bunday odamlarni ishga olgan korxonalarga tadbirkorlik reytingida qoʻshimcha ball beriladi.

Nogironligi boʻlganlarni kasbga tayyorlaydigan 4 ta ixtisoslashgan maktabni tarmoq rahbarlari otaliqqa oladi. Bu maktab oʻquvchilariga ishlab chiqargan mahsulotini davlat xaridlari doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri sotishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga monomarkazlarda nogironligi boʻlganlar taʼlim olishi uchun qulay muhit va zarur infratuzilmani yaratib, ularga stipendiya toʻlash tartibini joriy qilish topshirildi.

Nogironligi borlar kasanachilik va hunarmandchilik asosida yaratgan mahsulotlarini elektron platforma orqali sotish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Vazirlik va hudud rahbarlariga yil yakuniga qadar barcha byudjet tashkilotlariga 20 ming nafar, banklarga kamida 1 ming nafar nogironligi borlarni ishga qabul qilish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер