Xodimlar mablagʻlarini oʻzlashtirgan sobiq hisobchi aniqlandi

18:17 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
862 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.” MCHJ sobiq hisobchisi D.U. MCHJga tegishli korporativ kartadan 961,5 mln soʻmni naqdlashtirib olib oʻzlashtirganligi hamda korxonaning 59 nafar xodimining 99 mln soʻm ish haqini shaxsiy kredit toʻlovlari uchun yoʻnaltirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?