Xodim ish haqidan qanday holatlarda ushlab qolinishi mumkin

04:07 13 Mart 2022 Jamiyat
916 0

Foto: Illustrativ foto

Umumiy qoidaga koʻra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik boʻlmaganda esa, sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin.

Quyidagi hollarda xodim roziligidan qatʼi nazar, ish haqidan ushlab qolinadi:

— soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish uchun;

— sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;

— ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun;

— xodim taʼtil olib boʻlgan ish yili tugamasdan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, taʼtilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun;

— ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun;

— intizomiy jazo sifatida qoʻllanilgan jarimani undirish uchun.

Ish haqidan ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodim ish haqining 50 foizidan ortib ketmasligi lozim.

Aliment boʻyicha qarzdorlik boʻlganda 70 foizdan oshib ketmasligi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?