Xivadagi nogironligi boʻlgan shaxslar yashaydigan muruvvat uyidagi sharoitlar oʻrganildi

2022-yilning 21-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov tomonidan Xiva nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar “Muruvvat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirildi.
Xiva “Muruvvat” internat uyi 330ta oʻringa moʻljallangan boʻlib, monitoring oʻtkazilgan kunda 329 ta bemor davolanayotganligi maʼlum boʻldi.
Monitoringda bemorlarni yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlari oʻrganildi. Aniqlanishicha, bemorlarga autsorsing xizmati asosida kuniga 4 mahal issiq ovqat beriladi. Bemorlarga qarindoshlari bilan uchrashish uchun ham yetarli sharoitlar yaratilgan.
Tibbiyot xodimlari tomonidan dori-darmonlar yetarli ekanligi maʼlum qilindi. Ularni tanlab koʻzdan kechirilganda yaroqlilik muddati oʻtganlari aniqlanmadi.
Shuningdek, muassasada yashayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarning yuvinish xonalari koʻzdan kechirilganda, sanitar-gigiyena talablariga oid kamchiliklar aniqlanmadi.
Monitoring davomida qator kamchiliklar ham aniqlandi. Jumladan, muassasaning oshxonasi va ovqatlanish zali koʻzdan kechirilganda oshxona binosi taʼmirtalabligi va belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi.
Muassasadagi bemorlar bilan xoli tarzda suhbatlashilganda sharoitlar boʻyicha ariza va shikoyatlar kelib tushmadi.Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mintaqaviy vakil tomonidan muassasa rahbariyatiga tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring