Xivada shaxmat boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtmoqda

Foto: Xorazm viloyati hokimligi Matbuot xizmati
Xiva shahrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi, Sportni rivojlantirish vazirligi va Xorazm viloyat hokimligi hamkorligida tashkil qilingan shaxmat boʻyicha al-Beruniy xalqaro musobaqasi start oldi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov va Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Saʼdullayev soʻzga chiqib, ushbu nufuzli musobaqaning ochilishi bilan ishtirokchilarni samimiy qutladi.
— Shaxmat eng qadimiy sport turi boʻlib, insonning fikrlash qobiliyati, aqliy salohiyatini yuksaltirish, maqsadli qaror qabul qilish koʻnikmalarini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi, — deydi musobaqa qatnashchisi, Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi gʻolibi Nodirbek Yoqubboyev. — Oʻrta asrlarning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy oʻzining “Hindiston” asarida shaxmatning kelib chiqish tarixi va inson maʼnaviy kamolotidagi ahamiyatini toʻla ochib bergan. Buyuk bobomiz nomi bilan bogʻlangan ushbu xalqaro turnirda shaxmatchilar muhim reyting ochkolarini jamgʻarish imkoniga ega boʻladilar. Musobaqa yana bir bor mahorat sinovi maydoniga aylanishi shubhasiz.
Xalqaro musobaqa 6-dekabrga qadar davom etadi.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring