Xivada Mas-restling boʻyicha Osiyo ochiq chempionati boʻlib oʻtadi

21:02 13 Iyun 2021 Sport
748 0

Shu yil 15-20-iyun kunlari Xorazm viloyati Xiva shahrida Mas-restling boʻyicha Jahon kubogining 1-bosqich Osiyo ochiq chempionati boʻlib oʻtadi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federatsiyasi, Xalqaro Mas-restling federatsiyasi, Oʻzbekiston Mas-restling federatsiyasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida oʻtkaziladi.

Musobaqa erkaklar oʻrtasida -60 kg, -75 kg, -90 kg hamda +125 kg vazn toifalarida, ayollar oʻrtasida -55 kg, -75 kg, -85 kg vazn toifalarida gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.

Ushbu nufuzli musobakada 9ta davlatdan 200 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etishadi.

1. Rossiya,

2. Vengriya,

3. Bangladesh,

4. Pokiston,

5. Qozogʻiston,

6. Qirgʻiziston,

7. Tojikiston,

8. Ukraina,

9. Oʻzbekiston.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?