Chiroqchida ishqiy sahnalar tasvirlangan videoni internetga tarqatmaslik uchun ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

15:24 25 Mart 2021 Jamiyat
645 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.Yu. va S.A. oldindan til biriktirib, fuqaro Gʻ.ning N. ismli ayol bilan ishqiy munosabatlari aks etgan videotasvirlarni internet tarmoqlarida tarqatib, ularni sharmanda qilish bilan qoʻrqitib, evaziga talab qilgan 1 000 AQSH dollaridan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan B.Yu. va S.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?