Xiva tumanida tadbirkorga toʻlov talabnomani yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

13:26 14 Avgust 2021 Jamiyat
404 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Xiva tumani yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi yuriskonsulti B.A., “G” MCHJ bilan korxona oʻrtasida tuzilgan shartnoma boʻyicha avans tariqasida oʻtkazilgan 200 mln soʻmga “G” MCHJ tomonidan ishlar bajarilmaganligi sababli hisob raqamiga qoʻyilgan toʻlov talabnomasini tanishlari orqali tegishli maʼlumotnoma berib bekor qildirib berish evaziga MCHJ rahbaridan 2 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?