Xitoyning turli hududlarida odamlarning yangi virus bilan zararlanayotgani maʼlum boʻldi

01:01 14 Yanvar 2022 Dunyo
1267 0

Foto: Reuters

Xitoyda odamlarda yuqori patogenli H5N6 parranda grippi virusi bilan kasallanishning beshta yangi holati qayd etildi.

Janubi-gʻarbiy Sichuan provinsiyasining ikki nafar fuqarosi ushbu infeksiyadan vafot etgan. Sharqiy Chjeszyan provinsiyasidagi Xanchjou shahrida yashovchi bir odam ham mazkur virusni yuqtirib olgan. Shifokorlar uning ahvolini ogʻir, deb baholamoqda. Yana ikki bemor janubiy Guansi-Chjuan avtonom viloyati aholisi boʻlib, ular ham ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Odamlar orasida parranda grippining H5N6 shtammi birinchi marta 2014-yilning mayida aynan Xitoyning Sichuan provinsiyasida aniqlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?