Xitoyning gʻarbiy qismida suv toshqinlari qurbonlari soni 16 kishiga yetdi

20:57 19 Avgust 2022 Dunyo
890 0

Foto: AP

Xitoy gʻarbidagi Tsinxay provinsiyasida suv toshqinlari oqibatida 16 kishi halok boʻldi. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

Joriy yilning 17-avgust kuni kuchli yomgʻirlar boshlandi, bu esa togʻlarda suv toshqini va koʻchkilarni keltirib chiqardi. Bundan tashqari, daryolar oʻz oʻrnini oʻzgartirib, qishloq va shaharlarni suv bosdi. Toshqindan 6200 dan ortiq odam jabr koʻrdi, 36 kishi bedarak yoʻqolgan.

Mahalliy hukumat oqibatlarni bartaraf etish uchun 2000 kishidan iborat qutqaruv guruhi va 160 dan ortiq texnikani yuborgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер