Xitoylik olimlar "COVID-19" qanday kelib chiqqanini aniqladilar. U laboratoriyada yaratilmagan

15:53 19 Iyul 2021 Dunyo
1510 0

Illyustrativ foto

Koronavirusning kelib chiqishi faqat tabiiy boʻlishi mumkin. Xuddi shunday xulosaga xitoylik olimlar tomonidan kelindi, deb yozmoqda "Science China Life Sciences".

Xabarga koʻra, Xitoyda oʻrganishlar olib borayotgan 20 dan ortiq mahalliy olimlar va ingliz tadqiqotchisi koronavirus tabiiy kelib chiqqani haqida xulosa qilishgan.

Ularning taʼkidlashicha, "SARS-CoV-2" virusi 2003-yilgi "SARS-CoV" namunasi bilan taqqoslaganda odam populyatsiyasiga juda moslashgan. "COVID-19" tarqalishidan oldin patogen inson populyatsiyasida qandaydir evolyutsiyani boshidan kechirgan.

“SARS-CoV-2” katta shaharda hayvonot bozorida rivojlana olmadi va hatto laboratoriyada ham. "SARS-CoV-2“ning kelib chiqishi muhokama qilinganda, moslashuvchan siljishning uzoq jarayonini hisobga olish kerak”, deyiladi maqolada.

Avvalroq, AQSH razvedkasi koronavirus paydo boʻlishining sabablarini aniqlay olmagani haqida xabar berilgan edi. Eslatib oʻtamiz, may oyi oxirida AQSH prezidenti Jo Bayden yangi koronavirusning kelib chiqishini 90 kun ichida aniqlashni buyurgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?